O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 13-iyul kuni “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdi va yana bir necha qonunlarga o‘zgarishlar kiritishni muhokama qilishdi.

TOShKENT 14-iyul – Sputnik. O‘zbekiston parlamenti a’zolari o‘z ishlarini yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborot xizmati.

O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridanoq atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Mustahkam qonunchilik bazasi mazkur sohaning samarali rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bugungi kun voqeliklari mavjud normalarning takomillashtirilishini taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu yangi tahrirdagi huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib,

Qonunning asosiy maqsadi — o‘simlik dunyosi obektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror ko‘paytirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu o‘simlik dunyosining turlari tarkibini hamda biologik xilma-xillikning tarkibiy qismi sifatida o‘simlik dunyosining genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish borasidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, qonunning qabul qilinishi o‘simlik dunyosi obektlarining turlari kamayib borishi yoki yo‘qolib ketishining oldini olish va sabablarini bartaraf etishga, ulardan ilmiy asoslangan holda oqilona va barqaror foydalanilishi hamda takror ko‘paytirilishini ta’minlashga, yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu sohadagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.

O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi majlis davomida o‘z vakolati doirasida mazkur qonun loyihasining muqobil tahririni kiritdi. Ushbu qonun loyihasi ko‘rib chiqilganidan so‘ng ovozga qo‘yildi, uning natijalariga ko‘ra deputalarning ko‘pchiligi dastlabki kiritilgan qonun loyihasi uchun ovoz berdilar.

Oliy Majlis deputatlari majlisda “Veterinariya to‘g‘risida”gi, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi va yana bir necha qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan qonun loyihalarini muhokama qildilar.

Ko‘rib chiqilgan loyihalar orasida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini Soliq kodeksi bilan yanada muvofiqlashtirishga qaratilgan bir necha muhim o‘zgarishlar alohida o‘rin egalladi.

 

Yangiliklar lentasi
0