TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Payshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan momaqaldiroq va kuchli dovul tufayli nafaqat Moskvaliklar jabr ko‘rgan ko‘rinadi: Toshkentda ro‘y bergan kuchli shamol bir nechta daraxtlarni tomiri bilan sug‘urib tashladi, parkovka yonida joylashgan daraxtlar qulashi natijasida bir nechta avtomobillarga jiddiy shikast yetdi, deb xabar qilishmoqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari.
Misol uchun Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent mavzelaridan birida turgan “Jiguli” rusumli avtomobilning ustiga ulkan daraxt yiqilgani aks etgan fotosuratlar joylashtirildi.
Foydalanuvchilar, avvalo, voqea oqibatida hech kim jabrlanmaganligidan xursand ekanliklarini aytishgan bo‘lsa, boshqalar poytaxtdagi eski daraxtlarni kesish zarurligi, bo‘lmasa eski daraxtlarning o‘zi yiqilib, mana shunday baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishlari mumkinligini yozib qoldirishgan.
"Daraxtlarni tag-tomiri bilan kesish uchun yaxshigina sabab tug‘ildi. Sog‘ daraxtlarni kesishga allaqachon kirishishgan, chirigan daraxtlar esa o‘zlari qulayapti", — deya izoh qoldirgan internet foydalanuvchilardan biri.