“Topol-M” avtonom raketa ustanovkasi o‘quv-mashg‘ulotida

Obuna bo‘lish
Rossiya strategik raketa qo‘shnlari Tver viloyatidan Oltoy o‘lkasiga qadar bo‘lgan hududlarda keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi.

Rossiya Strategik Raketa qo‘shnlari qo‘mondonligi o‘tkazgan o‘quv mashg‘ulotlarida 400 ga yaqin harbiy texnika qatnashdi. Mashg‘ulotlarda ko‘chma avtonom raketa uchirish ustanovkasi "Topol", "Topol-M" va "Yars" qatnashdi. Quyidagi videolavhada  “Topol-M”  ekipaji dala sharoitida g‘idirak almashtirish jarayonini ko‘rishingiz mumkin.  

“Jangovor o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida, raketa qo‘shnlari strategik qurilmalarni daladagi pozitsiyalarga o‘rnatish, pozitsiyalar almashtirish, uskunalarni maskirovka qilish va jangovor qo‘riqlash mashqlarini bajarishdi”, — deyilgan MV matbuot xizmati bayonotida.

Raketachilar mashq davomida zaharlangan hududlardan o‘tish, dushmanning havodan va yerdan qilgan hujumini qaytirish kabi mashqlarni ham bajarishgan.

Harbiy xizmatchilar yashiringan diversantlar guruhini topish va yo‘q qilish kabi mashqlarda diversiyalarga qarshi maxsus ishlab chiqilgan, uchuvchisiz apparatlar bilan jihozlangan BPDM “Tayfun-M” avtomobillaridan ham foydalanishdi.  

Strategik raketa qo‘shnlari qo‘mondonligi (RVSN) yil oxiriga qadar 40dan ortiq shtab va 20ga yaqin shtab-qo‘mondonlik mashg‘ulotlari va 50 yaqin taktik va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0