Italiya janubida poyezdlar to‘qnashuvida 20 kishi qurbon bo‘ldi

© REUTERS / Italian Firefighters/handout via ReutersItaliya janubida poyezdlar to‘qnashuvi
Italiya janubida poyezdlar to‘qnashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RaiNews 24 telekanali xabariga ko‘ra, to‘qnashuvda 5-6 vagon shikastlangan, ulardan uchtasi butunlay yaroqsiz holga kelgan.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Italiya janubida joylashgan Apuliya viloyatida ikki poyezd to‘qnashuvida 20 kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi,  RIA Novosti xabariga asosan.

Apuliya viloyati vitse-prezidenti Antonio Nunsiante so‘zlariga qaraganda, bu dastlabki ma’lumot, falokat qurbonlari soni o‘sishi mumkin.

“Vaziyat o‘ta jiddiy, xudoga shukurki yordam berish tizimi juda yaxshi ishlamoqda”, — dedi vitse-prezident.

Ayni damda qutqaruvchilar odamlarni vagon bo‘laklari ostidan chiqarib olishga harakat qilmoqda.

“Qurbonlar va yaralanganlar ko‘p. Ikki poyezd yuzma-yuz to‘qnashgan. Ayrim vagonlar butunlay ezib tashlangan”, — dedi jurnalistlarga o‘t o‘chirish xizmati vakili Rikarda Dzingaro.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:30da sodir bo‘lgan. Mahalliy temir yo‘l harakati vaqtincha cheklangan.

RaiNews 24 xabariga ko‘ra, to‘qnashuv qishloq hududida sodir bo‘lgan: u yerga yetib borish juda mushkul, uyali aloqa yomon ishlaydi.

Video Player is loading.
Hozirgi vaqt 0:00
/
Duration 0:00
Yuklash: 0%
Progress: 0%
Oqim turi LIVE
Qolgan vaqt -0:00
 
1x
SD
Italiya janubida poyezdlar to‘qnashuvida 20 kishi qurbon bo‘ldi
0:43

Yangiliklar lentasi
0