O‘zbekistonda havo sovib, yomg‘ir va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Bushkin / Mediabankka o‘tishMomoqaldiroq
Momoqaldiroq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar aytishiga qaraganda, 14-iyul kuni respublikada havo harorati 30-35 gradusgacha tushishi, shamol, yomg‘ir va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Jazirama issiqdan keyin O‘zbekistonning barcha hududlariga qisqa vaqt davomida havo biroz sovushi kutilmoqda, "Novosti Uzbekistana" xabaria asosida.   

Sinoptiklar aytishiga qaraganda 14-iyul kuni respublika hududida havo harorati kunduzi 30 – 35 darajagacha, kechasi 18-23 darajagacha tushishi kutilmoqda. Undan tashqari O‘zgidrometerologiya markazi xabariga, ba’zi hududlarda momoqaldiroq, yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi mumkin.                                                                                

Qisqa muddatli sovushdan kyin, 15-iyul kuni havo harorati yana 35-40 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0