Toshkentda lavashlarning "dodasi" tayyorlandi

© Sputnik / /StringerOloy bozorida 15 metrlik lavash tayyorlandi
Oloy bozorida 15 metrlik lavash tayyorlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzunligi 15 metrlik lavashni tayyorlash uchun 15 kilogramm go‘sht, bir necha qop un va bir necha soat vaqt talab etildi. Tayyor ulkan lavash ajoyibotni tomosha qilish uchun yig‘ilgan 150 nafar mehmon o‘rtasida taqsimlandi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbek oshpazlari navbatdagi bor rekordga qo‘l urdilar: 9-iyul kuni Toshkentdagi Evos kafesi ishchi xodimlari uzunligi 15 metr va 20 santimetr keladigan ulkan lavash tayyorladilar.

Bu ajoyib shou Oloy bozori yaqinida yangi Evos Extra lavash kafesining ochilish marosimi munosabati bilan uyushtirilgan.

© Sputnik / /StringerOloy bozorida uzunligi 15 metr keladigan lavash tayyorlanishi
Oloy bozorida uzunligi 15 metr keladigan lavash tayyorlanishi - Sputnik O‘zbekiston
Oloy bozorida uzunligi 15 metr keladigan lavash tayyorlanishi

O‘zbekistonda ko‘pchilik tomonidan sevib iste’mol qilinadigan bu tamo uchun go‘sht 7 soatdan ko‘p qovurilgan, 30 nafar oshpaz uni sanoqli daqiqalar ichida lavashga o‘rashga muvaffaq bo‘lgan. "Bu chindan-da chiroyli shou bo‘ldi", — deydi guvohlardan biri.

Lavashni tayyorlashda — aylanadagi 310 kilogrammli go‘shtdan foydalanilgan.

© Sputnik / /StringerOloy bozorida 15 metrlik lavash tayyorlandi
Oloy bozorida 15 metrlik lavash tayyorlandi - Sputnik O‘zbekiston
Oloy bozorida 15 metrlik lavash tayyorlandi

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ulkan lavash uchun jami 6 kilogramm pomidor va bodring, qovurilgan kartoshka, 16 litr sous va 15 kilogramm go‘sht, bir necha qop un sarflangan.

© Sputnik / /SputnikOloy bozorida tayyorlangan lavash mehmonlar o‘rtasida taqsimlandi
Oloy bozorida tayyorlangan lavash mehmonlar o‘rtasida taqsimlandi - Sputnik O‘zbekiston
Oloy bozorida tayyorlangan lavash mehmonlar o‘rtasida taqsimlandi

Tadbir davomida taniqli aktor Muhammadiso Abdulxayrov o‘zining ajoyib hazillari bilan tomoshabinlarni xushnud etgan.

Yangiliklar lentasi
0