Yevropaliklar migrantlar tufayli o‘z ish joylarini yo‘qotishdan qo‘rqadi

© Sputnik / Aleksandar Djorovich / Mediabankka o‘tishSerbiya va Vengriya chegarasidagi vaziyat
Serbiya va Vengriya chegarasidagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik.Mneniya Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya hududida o‘tkazgan so‘roviga asosan, aksariyat yevropaliklar migrantlar ularning ish joylarini egallab olishidan qo‘rqadi.

TOShKENT, 12-iyul, Sputnik. Sputnik.Mneniya o‘tkazgan so‘rovga asosan, Fransiyaning  - 50%, Buyuk Britaniyaning — 47% va  Germaniyaning — 36% aholisi, migrantlar soni ko‘payishi mahalliy aholining ish joylarini yo‘qotishiga olib keladi, deb hisoblaydi. So‘rov Sputnik axborot agentligi buyurtmasiga binoan Fransiyaning Ifop va Buyuk Britaniyaning Populus kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan.

“Siz immigratsiya mahaliy aholining ish joylarini yo‘qotishga olib keladi degan fikrga qo‘shilasizmi” — degan savolga  Buyuk Britaniyaning 24 % aholisi javob bera olmadi, Fransiya va Germaniyada ushbu ko‘rsatkich 5 % va 6 % ni tashkil qildi.

Buyuk Britaniyada so‘rov Populus kompaniyasi tomonidan 2016-yilning 15-21  aprelida o‘tkazildi. Fransiya va Germaniyada so‘rov IFop kompaniyasi tomonidan 14-18 aprleda o‘tkazildi. So‘rovda 3042 kishi qatnashdi, ulardan Germaniyada 989 kishi,  Fransiyada 1008 kishi va Buyuk Britaniyada 1045 kishi. So‘ralganlarning turar joyi, yoshi va jinsi ham aniqlangan. So‘rovning xato ehtimolligi 3,1 %ni, ishonchlilik ehtimolligi 95%ni tashkil qildi.

Jamiyat fikrini o‘rganishga qaratilgan Sputnik.Mneniya loyihasi 2015-yil yanvarida boshlandi. Populus, Ifop va Forsa izlanishlar kompaniyalari loyiha hamkorlaridir. Loyiha doirasida Yevropa va AQShda doimiy ravishda ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamiyat fikri o‘rganiladi.

Sputnik (sputniknews.com) — o‘nlab mamlakatlarda o‘z radio va multimedia xablariga ega bo‘lgan, axborot agentligidir. Sputnik 30 tilda axborot tarqatuvchi internet sahifa, analogli va raqamli radio va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan iborat. Sputnik yangiliklar lentasi to‘htovsiz ravishda  inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.

Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0