TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali 2016/2017 o‘quv yilida 325 nafar talabani qabul qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yilning 1-iyulida chiqqan qarorida xabar qilingan.
"Geologik razvedka texnologiyasi", "Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash", "Neft qazib olish obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish", "Gaz qazib olish, gaz kondensati va yerosti saqlash obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish", "Quvur transporti tizimi obyektlarini qurish va ta’mirlash", "Neft, gaz va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash transportlari va obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish" bo‘limlariga qabul kvotalari — 50 kishini; "Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti" bo‘limiga esa — 25 kishini tashkil qiladi.
Toshkent davlat texnika universitetining neft va gaz fakulteti yopilishi munosabati bilan fakultetning bakalavriat ikkinchi va uchinchi kurslari talabalari qo‘shimcha kvota asosida o‘qishni davom ettiradi.
Qarorda filialda uchta yangi ta’lim yo‘nalishi ochilishi ham belgilangan: bular "Neft va gazni qayta ishlash uskunalari"; "Neft va gaz kon sanoati mashinalari va uskunalari"; "Tabiiy energiya tashuvchilari va uglerodli materiallar kimyo texnologiyasi".