MV: Bugungi kunda birorta ham o‘zbek zobiti Rossiyada ta’lim olayotgani yo‘q

© IA "Jaxon"O‘zbekiston harbiylari
O‘zbekiston harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biroz oldin ba’zi OAVlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga qarshi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bugungi kunda birorta ham o‘zbek zobiti Rossiya OTMlarida tayorlanayotgani yo‘q dedi.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, bugungi kunda Rossiyada O‘zbekiston zobitlari tayorlanayotgani haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi.

Biroz oldin OAVda Rossiya OTMlarida O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar tayorlanayotgani haqida xabar tarqatishgan edi.

Sputnik muxbiriga O‘zbekiston Mudofaa vaziri kadrlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Akrom Uzoqov xabariga ko‘ra — ushbu ma’lumot noto‘g‘ri.

“Bugungi kunda birorta ham bizning zobit Rossiyada ta’lim olayotgani yo‘q. Barcha harbiy kadrlar o‘zimizda tayorlanmoqda. Ayni damda ushbu masala muhokama qilinmoqda. U amalga oshgan taqdirda ham, bu faqatgina muayan soha mutaxassislari yoki malaka oshirish bo‘lishi mumkin, xolos”, — dedi xodim.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z Qurolli kuchlari, qurol-aslahalari va harbiy xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni sir saqlab kelmoqda. Global Firepower xalqaro ekspertlari fikriga ko‘ra, O‘zbekiston O‘rta Osiyodagi eng kuchli armiyaga ega bo‘lgan mamalkatdir. Dunyo reytingida esa, O‘zbekiston armiyasi 54 o‘rinda.

 

Yangiliklar lentasi
0