Abxaziyada, prezident saylovi o‘tkazish haqidagi referendum natijasiz bo‘ldi

© Sputnik / /Tomas Txaysuk Batal Tabagua - Abxaziya saylov komissiyasi raisi
Batal Tabagua - Abxaziya saylov komissiyasi raisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abxaziyada, muxolifat tashabbusi bilan o‘tkazilgan, prezident saylovini muddatidan oldin o‘tkazish haqidagi referendum, fuqarolar kam kelmagani tufayli – bekor qilindi.

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Abxaziya prezidentini muddatidan oldin saylash haqidagi referendumga kerakli 50 % o‘rniga 1,23 % fuqaro keldi, RIA Novostiga Abxaziya Markaziy Saylov qo‘mitasi rahbari Batal Tabagua xabari asosida.

Referendda Abxaziya fuqarolari oldiga “Abxaziya respublikasi prezidenti saylovini muddatidan oldin o‘tkazish kerak deb hisoblaysizmi?”,  degen savol qo‘yilgan edi.

Mamlakatda referendumda qatnash huquqiga ega  bo‘lgan fuqarolar umumiy soni 132 877 kishini tashkil qiladi, qatnashganlar soni esa 1628 kishi – ya’ni bor-yo‘g‘i 1,23% ni tashkil qildi. Ovoz berganlar orasida 750 kishi “Ha” deb javob berdi, 761 kishi esa “Yo‘q” javobini berdi.

Abxaziya prezidenti Raul Xadjimbaning so‘zlariga qaraganda, referendumda xalq oldiga qo‘yilgan savol Abxaziya jamiyatida muhim emasligini ko‘rsatdi. "Aholi referendum tashabbuskorlari va tarafdorlariga ishonchini yo‘qotdi”, — dedi Xadjimba.

Shu bilan bir vaqtda mamlakat prezidenti muxolifat bilan muhokama va kelishuvlarga tayor ekanligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida Abxaziyada muddatidan oldin prezident saylovi o‘tkazish tashabbusi bilan hozirgi hukumat muxolifati chiqqan edi. Tashabbuskorlar kerak imzolar to‘plaganidan keyin hukumat va prezident10 iyulda referendum o‘tkazishga ruxsat berdi. Prezident aytishiga ko‘ra, referendum mamlakat uchun foydali bo‘lmasada, jamiyatni tinchlantirish uchun uni o‘tkazishga qaror qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni mamlakatda bir necha namoyishlar bo‘lib o‘tgandi va ularda fuqarolar referendum sanasini o‘zgartirishni talab qilgan edi. Abxaziya prezidenti ushbu voqealarga mamlakatda vaziyatni notinch qilishga va referendumni buzishga qratilgan  harakatlar —  deb baho bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0