Janubiy Sudandagi janglarda 272 kishi qurbon bo‘ldi

© Foto : Alessandro RotaJanubiy Sudan: urush va tinchlik
Janubiy Sudan: urush va tinchlik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Sudanda oxirgi bir necha kundan beri davom etayotgan janglarda 272 kishi qurbon bo‘ldi, AQSh va Yaponiya o‘z fuqarolarini mamlakatdan olib chiqishni boshladi.

 

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir va va mamlakat vitse-prezidenti Riyek Mashar  tarafdorlari orasida bir necha kundan beri davom etayotgan janglarda Xitoylik tinchlikparvar askar qurbon bo‘ldi yana besh askar jarohatlandi.     

Juba shahri bugun juda notinch, shaharda otishma ovozlari eshitilmoqda. biroz oldin Xitoylik tinchlikparvar askarlar zirhlangan avtomobili o‘qqa tutilib, bir jangchi qurbon bo‘lgan va besh nafari yaralangan edi.

AQSh va Yaponiya Janubiy Sudandagi o‘z diplomatlari va mamlakatdagi gumanitar missiya vakillarini mamlakatdan olib chiqib ketmoqda.

Yakshanba kuni BMTning faviulodda kengashi a’zolari Janubiy Sudan prezidenti va vitse-prezidentlarini mamlakatda davom etayotgan to‘qnashuvlarni bas qilishga va 2015-yilda imzolangan tinchlik shartnomasiga amal qilishga chaqirdi.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0