TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Qozog‘istonda davlat to‘ntarilishiga urinishda ayblanayotgan biznesmen, Toxtar Tuleshov ishi yuzasidan olib borilgan tergov davomida, uning chet ellardagi, jumladan O‘zbekistondagi hamkorlari haqida izchil ma’lumotlar olindi, Novosti-Kazaxstan axborot agentligi MXQ matbuot xizmati vakili Rusan Karasev ma’lumotiga asosan asosan.
“Tergov materiallariga ko‘ra, Tuleshov uzoq vaqt davomida “Bratskiy krug” xalqaro jinoiy tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘lgan va ularga moliyaviy yordam ko‘rsatib turgan. U doimiy ravishda Aslan Usoyan (Ded Xasan), Georgiy Sorokin (Jora Tashkentskiy) G‘ofur Rahimov (Cherniy Gafur), Nozim Jumayev (Maksim Buxarskiy) va Ilyas Sultonov (Dadya Ilyas)lar bilan aloqada bo‘lgan”, — dedi Karasev dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
MXQ vakilining so‘zlariga qaraganda, Tuleshov yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar hisobiga doimiy ravishda katta mablag‘lar o‘tkazib turgan.
Karasevning so‘zlariga qaraganda, Toxtar Tuleshov G‘ofur Raximov va Nozim Jumayevlarning bevosita ishtirokida, O‘zbekistonda bir necha tijorat obyektlarini sotib olgan: Shodlik mehmonxonasi, “Lazzat” qandolat fabrikasi va lak-kraska mahsulotlari zavodi shular jumlasidan. Undan tashqari Tuleshov “O‘zsanoatqurilishbanki” aksiyadorlar tarkibiga ham kirib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Tuleshov Qozog‘istonda nafaqat “Shimkentpivo” zavodi direktori balkim u bir necha korxonalarni birlashtirgan “Darxan” yirik xoldingi direktori ham.
Tuleshov yanvar oyining oxirida, Shimkentda maxsus operatsiya natijasida hibsga olingan edi. Qozog‘iston MXQxabariga ko‘ra, Tuleshov va uning bir necha yuqori lavozimda ishlovchi hamtovoqlari Qozog‘istonda davlat to‘ntarishi uyushtirib, hukumatni o‘z qo‘llariga kiritmoqchi bo‘lishgan. Ushbu maqsadda ular Qozog‘istonda yer reformasiga qarshi namoyishlar uyushtirgan.