TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Davlat xizmatlari yagona portalida uyali aloqa xizmati ko‘rsatish qoidalarining yangi talqini muhokamaga chiqarilgan. Muhokama ushbu yilning 4-iyulda boshlanib 19-iyuliga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasida ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar ulyali aloqa xizmatining barcha sohasini qamrab oladi: Uyali aloqa xizmati dilerlari va abonentlarning huquq va majburiyatlari, aloqa sifati, qo‘shimcha xizmatlar taklif qilish va boshqalar. Kiritilayotgan yangiliklarning asosiy mohiyati – abonentlarga ximat ko‘rsatish darajasini oshirish va ular haqidag shaxsiy ma’lumotlarni boshlash.
Hujjat O‘zbekiston Axborot texnilogiyalari va Kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan uyali aloqa xizmati sifatiga ko‘plab shikoyatlar tushmoqda. O‘tgan yil oxirida o‘tkazilgan tekshirlar, uyali aloqa kompaniyalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan, ko‘plab qoidabuzarliklarni ma’lum qildi. Kompaniyalarga qisqa vaqt ichida aloqa sifatini yaxshilash topshiirlgan edi.