TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Huquqni saqlash organlari Ahmad Tursunov ishi bo‘yicha Chinoz tuman prokuraturasi xodimlari faoliyatini tekshirmoqda, deb xabar berdi prokuratura vakili Sputnik muxbiriga.
Uning so‘zlariga qaraganda, Chinoz turmani prokurori Behzod Mirsoatov va prokuraturaning bir necha xodimlari vaqtincha o‘z lavozimlaridan chetlatilgan.
“O‘zbekiston — bu huquqiy davlat. Bu yerda davlat xizmatchilarini, faqatgina mish-mishlar asosida, hech kim ishdan bo‘shatmaydi. Haqiqatdan ham prokuror o‘z lavozimidan chetlatilgan, uning o‘rniga esa vaqtincha vazifasini bajaruvchi tayinlangan. Bu esa, ayni damda olib orilayotgan tergov ishlari bilan bog‘lik, aybsizlik prezumpsiyasi amal qilmoqda”, — dedi huquqni saqlash organlari xodimi.
Faqatgina tergov natijalari aniq bo‘lganidan keyin, tuman prokuraturasi xodimlarining ayborligi yoki aybsizligi ma’lum bo‘ladi. Ular “Ahmadboy” faoliyatini bila turib ko‘z yumganmi yoki o‘z vazifalariga ma’suliyatsizlik bilan qaragan, xolos. Undan keyin ularga nisbatan qonunda belilangan chora ko‘riladi, dedi suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston MXXsi va huquqni saqlash organlari ushbu kunlarda tumandagi militsiya bo‘limlari va soliq inspeksiyalarida tekshiruvlar olib bormoqda.
Sputnik muxbiriga ma’lum bo‘lishicha, tergov natijasida shunday qonunbuzarliklar aniqlangan-ki, ularni har qanday nazorat yoki boshqaruv organi, firibgarlik boshlanganidan bir necha oy o‘tib aniqlash imkoniga ega bo‘lgan. Vaholanki, “Ahmadboy” faoliyati O‘zbekistonda besh yil davom etgan.