Devis kubogini O‘zbekiston jamoasi boshlaydi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishTennis to‘pchalari
Tennis to‘pchalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 15-17 iyulda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda azaliy raqiblar bo‘lgan O‘zbekiston va Xitoy jamoalari uchrashadi. Ushbu o‘yinlar borasida soha ekspertlari o‘z fikrini bildirdi.

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Toshkentda kelayotgan shanba – yakshanba kunlari tennis bo‘yicha Devis Kubogining Osiyo va Okeaniya birinchi guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Denis Istomin, Farrux Do‘stov, Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimovlardan tashkil topgan  O‘zbekiston terma jamoasi  15-17 iyulda Xitoy vakillari bilan uchrashadi. Eslatib o‘tamiz Xitoylik sportchilar oldingi bosqichda Pokistonliklar ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishgan edi. O‘zbekiston jamoasi o‘zining yuqori reytingi evaziga musobaqaning birinchi turida ishtirok etmagan edi.

“Ushbu musobaqada g‘alaba qozongan sportchi Devis Kubogining pley-off o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. Tennis olamida ushbu Kubok eng muhim musobaqalardan biridir, shuning uchun bizning sportchilar bor kuch va g‘ayrat bilan harakat qilishadi. Oldin bo‘lib o‘tgan 8 musobaqadan beshtasida jamoamiz g‘olib chiqqan edi”, — deyishdi O‘zbekiston Tennis Federatsiyasida.   

O‘zbekiston va Xitoy jamoalari ushbu turnirda bir-birlariga azaliy raqib. Ularning birnchi uchrashuvi 1995-yilda bo‘lib o‘tgan edi va o‘shanda Xitoyliklar bizning jamoani qiyinchilik bilan 3:2 hisobida  yutishga muvaffaq bo‘lgandi.

Jamoalarning oxirgi uchrashuvi 2014-yilning aprelida, Devis Kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Shuni aytib o‘tish kerak-ki, oxirgi o‘tgan uchrashuv ham o‘ziga yarasha “asabiy” ravishda o‘tgan edi, chunki to‘rt o‘yindan keyin hisob 2:2 bo‘lgan beshinchi o‘yinda esa Farrux Do‘stov Ze Jang ustidan hal qiluvchi g‘alaba  qozongan edi.

Sputnik muloqotda bo‘lgan ekspertlar g‘alabani O‘zbekiston jamasiga bermoqda. Jamoa sardori Denis Istomin bugungi kunda ATP reytingida 116 qatorni egallagan, Xitoy jamoasi rahbari Di Vu esa – 158 o‘rinda. Jazirama issiqda o‘tkazilayotgan o‘yinda har bir narsa muhim rol o‘ynashi mumkin, jumladan sportchilar yoshi ham. Istomin – 29 yoshda, Vu esa – 25da.

Jamoaning qolgan sportchilar reytingi bo‘yicha Xitoyliklar oldinda. Ze Jang 160 o‘rinda, Farrux Dustov bo‘lsa — 222. O‘zbekiston jamoasining yana uch o‘yinchilari haqida ATP reytingi asosida aniq xulosa aytish qiyin, lekin ularning barchasi xalqaro musobaqalarda yetarli tajriba orttirishgan va alohida turnirlarda juda yaxshi natijalar ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasining texnik jihatdan tayorgarligi Xitoyliklardan yuqori, asosiysi – ularga jismoniy kuch va trenerlar shtabi tomonidan to‘g‘ri tuzilgan o‘yinlar strategiyasi talab qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0