Darvoqe, kelasi yildan boshlab O‘zbekiston OTMlariga hujjat qabul qilish muddati 5 kun orqaga suriladi, ya’ni hujjatlar 15-iyundan 15-iyulga qadar qabul qilinadi.
Davlat konservatoriyasiga hujjat qabul qilish muddati ham kelasi yildan 15-iyundan 10-iyulga qadar bo‘ladi. Harbiy OTMlarga esa, qabul sinovlari 5-iyulga qadar o‘tkaziladi. Hozir ushbu o‘quv maskanlarida sinovlar 10-iyulga qadar o‘tkazilmoqda.
Ushbu yil O‘zbekiston OTMlariga 58 mingga yaqin talaba qabul qilinadi. Ulardan 30 %ga yaqini davlat grantlari asosida ta’lim oladi.