Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda shengen tartibini taklif qilmoqda

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston. Talas viloyati
Qirg‘iziston. Talas viloyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra, Qirg‘izistonga tashrif buyurgan xorij sayyohlariga O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston bo‘ylab turlar taklif etilishi mumkin.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘ylab yagona sayyohlik to‘plamini joriy qilish tashabbusi bilan chiqmoqda, deb xabar qilgan Sputnik Qirg‘iziston.

Bu haqda Respublika Madaniyat vazirligi qoshidagi turizm departamenti rahbari Azamat Jamankulov 7-8 iyul kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari turizm bo‘yicha Kengashi yig‘ilishida bayonot bergan.

U, mazkur tashabbusni Yevropadagi "shengen" viza tartibiga qiyoslab, sayyohlarning bir marta viza olish orqali ko‘plab xizmatlarga ega bo‘lish xohishini ahamiyatli, deya baholagan.

"Qirg‘izistonga tashrif buyurayotgan ko‘plab sayyohlar, albatta, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikistonda bo‘lishni ham xohlashadi. O‘ylashimcha, yagona sayyohlik to‘plamini yaratish kerak. MDH hududidan foydalangan holda, mintaqaviy sayyohlik mahsulotlarini taklif etsa bo‘ladi", — degan Jamankulov.

U shuningdek, mamlakatda rivojlanayotgan sport turlari ham ajoyib sayyohlik mahsulotlari sifatida e’tirof etilishi mumkinligi haqida qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0