Marg‘ilonda ID tarafdorlarini mamalakatdan chiqarib yuborgan XChKF bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishHibsga olish
Hibsga olish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyat IIB Xorijga Chiqish-Kirish va Fuqarolikni ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i pora evaziga bir necha fuqaroga chet elga chiqish uchun hujjat to‘g‘rilab bergan. Ushbu fuqarolar esa, biroz vaqtdan keyin Suriya hududiga borib terrorchilar safiga qo‘shilgan.

 

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyati Marg‘ioln shahar sudi Farg‘ona viloyat Xorijga Chiqish-Kirish va Fuqarolikni ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Odiljon Soliyevni poraxo‘rlikda ayblab olti yil qamoq jazosiga mahkum qildi, sud vakili xabariga asosan.

“Soliyev tuman XChKF bo‘lim boshliqlarining noqonuniy faoliyatiga boshchilik qilgan. Xususan ayrim fuqarolarga chet elga chiqish ruxsatnomasi olish borasida. Ushb fuqarolar keyinchalik Suriya huduida terrorchilar va banditlar safida paydo bo‘lgan”, — dedi sud vakili.

Sud vakili ma’lumotlariga qaraganda, sudlanuvchi o‘zning noqonuniy faoliyatidan har oy 200dan 2 ming dollargacha daromad olgan. Ayni damda shunday faoliyat yuzasidan Farg‘ona viloyatining olti tumani hamda Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari XChKF bo‘lim boshliqlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ayrim

tuman va shahar parsport stollarida o‘g‘irliklar sodir bo‘lgani ham aniqlangan.

2015 yilning noyabr oyida Marg‘ilonlik Abdujabbor Toshboltayev, Turkiyada yashab turib o‘z vatandoshlarini faol ravishda Suriyaga, ID safiga yollash bilan shug‘ullangan. Xususan,  u pora evaziga, Farg‘ina viloyatida yashayotgan o‘zining 20 nafar oila a’zolariga kerakli hujjatlarni rasmiylashtirib, ularni O‘zbekistondan olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0