TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Yaqinda milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari uch nafar Samarqand viloyati Davlat Soliq xizmati xodimlarini pora olish vaqtida hibsga olishdi, qo‘mita vakili xabariga asosan.
Samarqand Davlat Soliq qo‘mitasi Tekshiruvlari bo‘limi boshlig‘i K.Varisov va soliq inspektorlari A.To‘rayev va K.Davlatovlar “Payariq Petrol” kompaniyasi direktoridan soliq sohasidagi qonunbuzarliklarni yashirish maqsadida 20 ming dollar pora talab qilgan.
“Tekshiruv natijasida qonunbuzarliklar haqida ikkita akt tuzilgan: birida soliq sohasidagi qonunbuzarlik 1,4 mlrd so‘m miqdorida ikkinchisida – 125 mln so‘m qilib ko‘rsatilgan. Shundan keyin ular tadbirkorga 15 ming dollar evaziga birinchi aktni “unutishni” va’da berishgan”, — dedi maxsus xizmat xodimi.
Tergovchilar ma’lumotiga ko‘ra, bu tadbirkorladan pul olishning birinchi safari bo‘lmagan. Qo‘lga olingan shaxslar bir necha yildan beri tadbirkorlardan doimiy ravishda pul olish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Undan tashqari ular Samarqand viloyatida 50dan ortiq xususiy tadbirkorlarga doimiy “boj” solgan.