Rossiyada 8 mingdan ortiq GM Uzbekistan avtomobillari sotildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRAVON avtomobili taqdimot marosimi
RAVON avtomobili taqdimot marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu o‘tgan yilning birinchi yarmiga qaraganda 17 %ga kam. O‘tgan yil ushbu davr mobaynida 10357 dona avtomoboil sotilgan edi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. 2016-yilning birinchi yarim yilligida GM Uzbekistan tomonidan Rossiyalik xaridorlarga 8574 dona avtomobil yetkizib berildi, Yevropa Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi hisobotiga ko‘ra.

Oyma-oy hisoblanganda,  bu yil iyun oyida Rossiyada 1136 avtomobil sotildi, o‘tgan yili esa 1735 dona avtomobil sotilgan edi. Yanvar-iyun oyida Rossiyada umumiy hisobda 672 ming dona avtomobil sotildi, bu o‘tgan yilga qaraganda 14% ga kam. 2015-yilning birinchi yarmida 782 ming avtomobil sotilgan edi.

Ushbu yilning may oyidan boshlab GM Uzbekistan Rossiyaga Ravon R2 modelini yetkizib bera boshladi. 2016-yilning oxiriga qadar AQSh O‘zbekiston qo‘shma korxonasi 2,5 dona Ravon R2 avtomobillari yetkizib berishni rejalashtirgan.

Rossiya bozorida o‘tgan yilning ikkinchi yarmida kuzatilgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotish darajasi keskin pasayindan keyin, 2016-yilda biroz o‘sish kuzatildi.   GM Uzbekistan 2016-yilning fevralida Rossiya bozorida 1,6 migng dona avtomobil sotdi. Bu yanvarga qaraganda 25% ko‘p.

Rossiya bozorida eng ko‘p sotilgan o‘zbek avtomobili bu – Gentra bo‘ldi. Oxirgi ikkiy oy davomida Rossiyaliklar 2,1 ming dona Gentra sotib olishdi. Rossiyadagi eng bozori chaqqon avtomobillar ro‘yxatida Gentra 25 o‘rinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0