Samarqand viloyatida yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh a’zolarining turar joylaridan umumiy hisobda 24 kgdan ortiq narkotik moddalar topilgan.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston maxsus xizmati xodimlari Samarqand viloyatida narkotik moddalarni tarqatish bilan shug‘ullanayotgan, o‘n kishidan tashkil topgan yirik jinoiy  guruhni qo‘lga oldi, huquqni saqlash organlari xodimining Sputnik muxbiriga bergan xabari asosida.

Jinoiy guruh qo‘shni Tojikistondan narkotik moddalarni olib kelish va tarqatish  bilan shug‘ullangan. Jinoiy guruh Urgut tumanida yashovchi 38 yoshli Otabek Fayziyev tomonidan boshqarilgan. Qo‘lga olinganlarining asosiy qismi hech qayerda ishlamaydigan shaxslar bo‘lgani aniqlangan. Jinoyatchilardan biri esa Urgut tuman gaz ta’minoti tizimida ishlagan.

Qo‘lga olingan guruh a’zolarining har biri narkotik moddalarni tashish va tarqatishda o‘z vazifasiga ega bo‘lgan. Misol uchun urgutlik V.Toshboyev va A. Ziyayevlar narkotik moddalarni qo‘shni Tojikiston respublikasi hududidan Panjakent tumani orqali olib kirish uchun javobgar bo‘lgan. Ularning uyidan 4,3 va 2,4 kg opium topilgan.

Qo‘lgan olingan guruh turar joylaridan umumiy hisobda 24 kgdan ortiq narkotik moddalar topilgan. Xususan guruh boshlig‘ining uyidan 5,7 kg, uning ukasi Jonibek Fayziyevning uyidan 7,3 kg opium topilgan”, — dedi  muassasa vakili.

Ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0