Sirg‘alida yonib ketgan uyda yashovchi oilalar turar joy bilan ta’minlandi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishO‘t o‘chiruvchi
O‘t o‘chiruvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirg‘alida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida yog‘och uyda joylashgan 12 kvartiradan 5tasi yaroqsiz holga kelgan. Barcha yong‘indan zarar ko‘rganlarga vaqtinchalik turar joy berilgan.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Sirg‘ali tuman hokimiyati Sputnik-8 massivida sodir bo‘lgan yong‘indan zarar ko‘rgan besh oilaga vaqtinchalik turar joy berishdi, shahar ma’muriyati xabariga asosan.

Ma’muriyat vakili, oldin mahalliy OAVlarda tarqalgan, yong‘inni o‘chirishga kelgan o‘t o‘chiruvchilar sust harakat qilgani haqidagi xabarlarni – asossiz, dedi.

“Chaqiruvga bir vaqtning o‘zida olti o‘t o‘chiruvchi ekipaj  yetib kelgan. Ularning muvaffaqiyatli harakati tufayli 12 xonadondan faqat beshtasi zarar ko‘rgan”, — dedi ma’muriyat vakili.

Sirg‘ali tumanidagi Sputnik-8 massivida kuchli yong‘in ro‘y berdi - Sputnik O‘zbekiston
Sirg‘alidagi Sputnik-8 massivida katta yong‘in ro‘y berdi

Uning so‘zlariga qaraganda, yong‘in sodir bo‘lgan uyda allaqachon ta’mirlash ishlari boshlangan. Ular yakuniga yetganidan keyin uy egalari o‘z xonadonlariga qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz yong‘in 6-iyul  kuni Sirg‘ali tumanining Sputnik massivida 1966-yilda qurilgan yog‘och uylardan birida sodir bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0