TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Juma kuni ertalab Moskva metrosining Tagansk-Krasnopresnensk (binafsharang) yo‘nalishida olti bekat yopildi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Muxbir xabariga ko‘ra, metro bekatlari yaqinida juda ko‘p odamlar to‘planib qolgan, avtobuslar katta interval bilan harakatlangan. Avtobuslar yo‘lovchilarni “Tekstilshiki” bekatigacha olib kelgan. “Tekstilshiki” bekatida odam juda ko‘pligi tufayli tiqilinch sodir bo‘lgan.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Moskva Tagansk-Krasnopresnensk yo‘nalishida poyezdlar harakati to‘liq tiklangan.