TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. “O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK dunyoda ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Mayamiga qulay tariflar e’lon qildi. Qatnov Alitalia aviakmpaniyasi bilan interlayn kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Toshkent-Mayami-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 3,4 mln so‘m + 353 $ ni tashkil qiladi. Undan 353 $ parvozning Rim – Mayami bo‘lagi uchun.
Parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Har payshanba: Toshkent– Rim HY-257 05:35-09:30, Rim– Mayami AZ-630 10:40 —15:45.
Har dushanba: Mayami – Rim AZ-631 20:35-12:30(sesh), Rim– Toshkent HY-258 23:00 —08:05 (chor)
Qatnovlar zamonaviy Boing va Aerobus samolyotlarirda bajariladi.