O‘zbekiston fuqarosi taniqli rassomni bosqinchilardan qutqarib qoldi

© Sputnik / Alexander ImedashviliPolitsiya avtomobili
Politsiya avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda o‘nga yaqin bosqinchilar do‘pposlayotgan rassomni O‘zbekiston fuqarosi qutqarib qoldi va uyigacha kuzatib qo‘ydi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiyaning taniqli rassomi Nikolay Kopeykinga bezorilar hujum qildi. O‘zbekistonlik yosh yigit uni bezorilardan qutqarib qolgani haqida Kopeykin Facebook da xabar berdi.    

Ma’lumki, bezorilar rassomning ikki mobil telefonini tortib olgan va boshiga bir necha bor urishgan. Janjalga o‘sha yerga yaqin joyda turgan O‘zbekistonlik ko‘cha supuruvchi aralashib, bezorilarni quvib solgan va Kopeykinni o‘ziga kelishiga yordam bergan.  

“Hurmatli do‘stlar, meni qo‘llab-quvvatlagan hammaga rahmat. Mariya Pankevich va Nikolay Simonovskiyni va yana bir yosh yigit, afsuski uning ismini eslab qolmadim ular darhol mni yonimga kelib yordam berishdi va kasalxonaga olib borishdi”, — deb yozgan Kopeykin o‘zining Facebookida.

Rassom voqyea joyiga yaqin bo‘lgan o‘z ustaxonasigacha yetib borgan va u yerdan turib tez yordam chaqirgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0