TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida AQSh prezidenti Putinni Ukraina sharqida jangovar harakatlar avj olishiga yo‘l qo‘yilmaslikka chaqirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Prezident Obama Putinga murojaat qilib, Ukraina sharqida jangovar harakatlar keskin avj olishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun lozim sora-tadbirlar ko‘rishga chaqirgan. AQSh prezidenti, shuningdek, Minsk kelishuvini zudlik bilan bajarish uchun harakat qilish kerakligi haqida ham ta’kidlagan", — deyiladi Oq uy xabarida.