TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Peterburg shahri Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari o‘z sevgilisining tanishini o‘ldirish uchun qotillikka buyurtma bergan katta biznesmenni qo‘lga oldi, deb xabar beradi "Fontanka".
Nashrda xabar berilishicha, ayol Toshkentda birga hayot kechirayotgan vaqtlarida biznesmenni tashlab ketgan va Peterburgda yangi jazmani bilan birga yashayotgan bo‘lgan.
Sevgilisining harakatlaridan g‘azabga to‘lgan 58 yashar boyvachcha, ayolning yashash joyini aniqlagach, Peterburgga yo‘l olgan. Jinoyatchi "qotil" sifatida o‘zini tanishtirgan operga 50 ming yevro bergan vaqtda qo‘lga olingan. Voqea Peterburg shahri, Krasnogvardeysk tumanidagi restoranlarning birida ro‘y bergan.
Rossiya Tergov Qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarosi ustidan "qotillikka urinish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.