TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Shu kunlarda qo‘shiqchi-shoir Ahad Qayum xonanda Husandan norozi ekanligini ommaga ma’lum qildi, bu haqda darakchi nashri xabar tarqatgan.
Ahad Qayum uning she’rlaridan foydalanadigan xonanda Husan she’rning so‘zlarini buzib kuylaganlikda va buning oqibatida shoir doimiy ravishda barchadan tanqid eshitib yurganligidan arz qildi.
"Umuman san’atni yig‘ishtirsin ayrim xonanadalar. Shu Husan degan qo‘shiqchi yomon jonga tegdi. Shu paytgacha 10 dan ortiq she’rlarimni qo‘shiq qilib klip suratga oldirdi. Har safar ko‘rishganda, yaxshi gap bilan aytaman: "Iltimos, she’rlarimni o‘zgartirib qo‘shiq qilmang" deb. Baribir bilganidan qolmaydi. Yana uyalmasdan Ahad Qayumni she’ri deb maqtanib yuradi. Man yaxshi niyat bilan she’r yozib kitob chiqaraman. Yana shunaqa holat takrorlansa, sudga berishga majbur bo‘laman. Shunaqa xonandalarning dastidan muxlislarimiz va ustozlarimizdan har doyim tanqid eshitib yuraman", — deb ta’kidlagan shoir.
Eslatib o‘tamiz, Ahad Qayum 1987-yil 15-iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlogida tug‘ilgan. 2004-2008 yillarda Toshkent Davlat Axborot Texnologiyalari Universitetida tahsil olgan. Shu bilan birgalikda "Muhammad Yusuf” nomidagi adabiy ijtimoiy fond qoshida "Oltin qalam” gazetasida muharrir o‘rinbosari vazifasida ishlab, badiiy ijod bilan shug‘ullangan. Ahad Qayumning qator she’rlari taniqli ko‘shiqchilar tomonidan kuylab kelinmoqda. Ahad Qayum "Shu Vatan” qo‘shig‘i uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining maxsus sertifikati bilan taqdirlangan. U "Jiyda guli” teleseriyali uchun yozilgan maxsus she’rlar va qo‘shiqlarning. Shuningdek 2010-yildagi temiryo‘lchilar madhiyasining ham muallifidir. "Yana sog‘indim, yana” qo‘shig‘i 2009-yilda "eng yaxshi sog‘inch haqidagi qo‘shiq” va "yilning eng xit taronasi” deb e’tirof etilgan, 2010yilda yosh ijodkorning "YaNA SOG‘INDIM, YaNA” nomli ilk to‘plami ham nashrdan chiqqan…