Rossiya Oliy sudi GAI xodimi ko‘rsatmalarini yetarli dalil emas deb topdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRossiya DPS xodimi
Rossiya DPS xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Oliy sudi haydovchilarni jazolash uchun faqat GAI xodimlari ko‘rsatmalarini yetarli dalil emas deb topdi va pastki sud qarorini bekor qildi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Moskvalik avtomobil haydovchisi Oliy sud orqali o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan jazo chorasini bekor qilshga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu holat kelajakda boshqa haydovchilar uchun sud pretsedenti (namunasi)   bo‘lishi mumkin, Za Rulem xabari asosida.

Voqea aslida bunday bo‘lgan edi: 2015-yilning mart oyida tong soat 04:40da MKAD avtotohalqa yo‘lining 69 kilometrida GAI xodimi Kovalev P.A.ning avtomobilini to‘xtatib unga alkogol testidan o‘tishni taklif qiladi.

Haydovchi rozi bo‘lgach, asbob uning nafasida 0,588 mg/l alkogol borligini aniqlagan (Mumkin bo‘lgan norma – 0,16 mg/l). Haydovchi alkotester ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmagan, lekin statsionar laboratoriyada qaytadan tekshiruvdan o‘tkazishdan voz kechgan.

Natijada sud uni 30 ming rublga shtraf qilgan va 1,5 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilgan. Haydovchi bunday qarordan norozi bo‘lib, Rossiya Oliy Sudiga murojaat qilgan.

Oliy Sud bunday ayblov uchun, aniq faktlarga asoslangan isbot kerakligini hisobga olib, oldingi sudlar qarorini bekor qilgan. Xususan, Oliy sud faqatgina GAI xodimining ko‘rsatmalari aniq isbot bo‘la olmasligini ta’kidlagan.

Haqiqatdan ham, bundan oldin sudlar asosan GAI xodimlari fikriga quloq solib, ularning so‘zlari asosida qaror chiqarishga o‘rganib qolishgan. Vaholanki, inspektorlar ko‘p hollarda o‘z so‘zlaridan boshqa isbot keltira olmaydilar. Ular aniq ish yuzasidan obyektiv isbotlar to‘plamaydilar.

Aynan ushbu vaziyatda esa, to‘plangan dalillar yetarli emas, protokol qo‘pol qoidabuzarliklar bilan tuzilgan edi. Oqibatda ma’muriy javobgarlik ishi faqat GAI inspektori so‘zlari asosida tuzilgan bo‘lib, haydovchining holati haqida tibbiy guvohnoma olinmagan.

Haydovchi gunohkorligiga shubha paydo bo‘lar ekan, u uning aybsizligi tomoniga  o‘giriladi. Gunohsizlik prezumpsiyasini hech kim bekor qilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Oliy sud yana bir jarangdor ishni ko‘rib chiqqan edi. Unda haydovchi advokati “xavfli boshqarish” termini unga nisbatan noto‘g‘ri qo‘llanilganini aytib shikoyat qilgan va Oliy sud, vaziyatni o‘rganib, haydovchining ushbu  vaziyatdagi harakati yagona to‘g‘ri yo‘l bo‘lganligini tasdiqlab, oldingi sudlar qarorini bekor qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0