Rossiya Rezerv fondi va Milliy Farovonlik fondi nimadan tashkil topgan

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishRossiya rubli va AQSh dollari
Rossiya rubli va AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Moliya vazirligi Rezerv fondi va Milliy farovonlik fondining 1-iyuldagi holati haqida bayonot berdi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiya Moliya vazirligi Rossiya Rezerv fondi va Milliy Farovonlik fondida saqlanayotgan mablag‘larning 2016-yilning birinichi yarmidagi holati haqida bayonot berdi. 

2016 yilning birinchi yarim yilligida, Rossiya Rezerv fondi hajmi 2 456,10 mlrd. rublni (38 mlrd $) tashkil qildi. Rossiya Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda Ushbu mablag‘ quyidagi moliyaviy aktivlar hisobida saqlanmoqda: 17,42 mlrd AQSh dollari hisobida,15,61 mlrd yevro hisobida va 2,62 mlrd funt sterling hisobida.

Ushbu mablag‘larni chet el valyuta hisob raqamlarida joylashtirishdan olingan daromad 2016-yilning birinchi yarmida 270 mln $ ni tashkil qildi.

2016 yilning 1-iyulida Rossiya Milliy Farovonlik fondi 4 675,36 mlrd rublni (73 mlrd $) tashkil qildi. Ushbu mablag‘ Rossiya Banki hisob raqamlarida alohida valyutalarda  saqlanmoqda:  19,56 mlrd AQSh dollari hisobida, 20,76 mlrd — yevro hisobida va 3,83 mlrd — funt sterling hisobida.

Undan tashqari  195,03 mlrd. rubl va 6,25 mlrd $ “Vneshekonombank”ning hisob raqamlarida joylashtirilgan.

Milliy Farovonlik fondi mablag‘i valyuta ko‘rinishidan tashqari, boshqa moliyaviy aktivlar ko‘rinishida ham saqlanmoqda.  

Xususan, dunyoda eng ishonchli moliyaviy sarmoya — AQSh davlat obligatsiyalari, hisobida ham 3 mlrd $, Rossiya Hukumati tomonidan maxsus tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha ishonchli kompaniyalar aksiyalari hisobida 112,63 mlrd. rubl va 4,11 mlrd $ ko‘rinishida, kredit tashkilotlarining imtiyozli aksiyalari ko‘rinishida 278,99 mlrd. rubl hamda VTB va GPB banklarining inftrastruktura loyihalari sarmoyalari sifatida – 164,43 mlrd. rubl hisobida saqlanmoqda.

Milliy Farovolik fondi mablag‘lari joylashtirishdan olingan yarim yillik yalpi darmad 280 mln AQSh dollarini tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Rezerv fondi va Milliy Farovonlik fondi 2008-yilda jahon bozoorida neft narxi juda yuqori (100 $ dan ortiq) bo‘lgan vaqtda, olingan katta daromadlar evaziga tashkil qilingan Stabilizatsiya fondini taqsimlash evaziga tashkil qilingan edi.

Rezerv fondi – bu Rossiya davlat budjeti mablag‘ining alohida hisob-kitob qilinadigan bir qismi bo‘lib u dunyo bozorida neft va gaz narxlari tushib ketgan taqdirda muhim davlat ehtiyojlarini ta’minlash  maqsadida tashkil qilingan.

Milliy Farovonlik fondi – bu davlat budjetining alohida ajrtilgan qismi bulimi bo‘lib, u turli iqtisodiy vaziyatlar va budjet defitsitiga qaramasdan fuqarolar nafaqalarini muntazam ravishda ta’minlash uchun xizmat qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0