TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Toni Bler 2003-yilda mamlakatning Iroqqa qilgan hujumi katta xato bo‘lganligini tan olib, buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Britaniyaning sobiq Bosh vazirining ta’kidiga ko‘ra, Iroq prezidenti Saddam Husaynni hokimiyatdan chetlatish shart bo‘lgan. "Hujum vaqtida foydalanilgan razvedka ma’lumotlari — haqiqatdan bo‘lak narsa emasdi", — degan u.
"Iroqdagi qarama-qarshi kuchlar paydo bo‘lishi, o‘z manfaatlarini o‘ylagan Eron qanday harakat qilishi, regionda notinchlik avj olishi, "Al-Qoida" terrorchilik uyushmasi xavfi tobora ortishi — Eronga bostirib kirmasimizdan oldin bu xatarlarning barchasi aniqlangan, biz ulardan xabardor edik", deya bayonot qildi Iroqqa qarshi kampaniyada Britaniya ishtiroki bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borgan komissiya rahbari Jon Chilkot.
2003-2009 yillarda Iroqqa qarshi amalga oshirilgan harbiy kampaniyada Britaniya ishtiroki bo‘yicha bayonot ser Jon Chilkot rahbarligida mustaqil komissiya tomonidan tayyorlangan. Hujjatda 600 ming inson umriga zomin bo‘lgan harbiy mojaro ortida kim turgani ochiq aytilgan va ularni javobgarlikka tortish uchun yetarlicha dalillar keltirilgan.