Minglab Ukraina fuqarolari kommunal xizmatlar narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqdi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishKiyevda umumiy Ukraina namoyishi bo‘lib o‘tdi
Kiyevda umumiy Ukraina namoyishi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainada issiq suv va istish narxlari iyul oyi boshidan ikki barobar o‘sdi. Sabab - Xalqaro Valyuta Fondi Ukraina hukumatiga mamlakat ichidagi gaz narxini bozor narlari miqyosiga ko‘tarishni talab qildi. Ushbu talab Ukrainaga navbatdagi kreditlar ajratish bilan bog‘liq.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik.  Kiyev markazida kommunal xizmatlar narxi oshishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda. Unda 20 mingdan ziyod kishi qatnashmoqda. Shahar markazida hakarat cheklangan.

Namoyishga chiqqanlar hukumatdan narxlar oshishini iqtisodiy asoslashni va gaz va suv narxini pasaytirishni talab qilishmoqda. Namoyish qatnashchilari Kiyev markazi bo‘ylab o‘tib Vazirlar mahskamasi oldida to‘xtashdi, keyin esa “Verxovnaya Rada” binosiga qarab yo‘l olishdi.

Ushbu namoyishda 20 mingga yaqin kishi qatnashmoqda. Ularning ko‘pchilligi regionlardan kelishgan. Namoyishchilar qo‘llarida “Yangi tariflar. Maoshlar-chi?”, “Biz o‘z yerimizda kambag‘al bo‘lib yashamaymiz!”, “Aholi sabri cheksiz emas!” kabi shiorlar bilan chiqishgan.  Xabarlarga ko‘ra, namoyishchilar oldiga Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada issiq suv va istish narxlari iyul oyi boshidan ikki barobar o‘sdi. Sabab — Xalqaro Valyuta Fondi Ukraina hukumatiga mamlakat ichidagi gaz narxini bozor narlari miqyosiga ko‘tarishni talab qildi. Ushbu talab Ukrainaga navbatdagi kreditlar ajratish bilan bog‘liq.

Hukumat narxlar oshishini kam ta’minlangan oilalarga subsidiya va yordam berish evaziga hal qilmoqda.

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishVseukrainskiy marsh protesta v Kiyeve
Vseukrainskiy marsh protesta v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Vseukrainskiy marsh protesta v Kiyeve
Yangiliklar lentasi
0