Hazrat imom masjidiga 50 mingdan ziyod kishi Hayit namoziga keldi

© Upravleniya musulman UzbekistanaV namaze v mecheti "Xazrati Imam" prinyali uchastie bolee 50 tis veruyushix
V namaze v mecheti Xazrati Imam prinyali uchastie bolee 50 tis veruyushix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil Ramazon Hayiti O‘zbekistonda 6-iyul kuni nishonlanmoqda.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Bugun tongda Toshkentning markaziy “Hazrat imom” masjidiga 50 mingdan ziyod musulmonlar Hayit namozi o‘qish uchun kelishdi, O‘zbekiston Musulmonla idorasi xabariga asosan.

“Bu yil “Hazrati imom” markaziy masjidi har yilgidan-da namozxonlar bilan gavjum bo‘ldi. Muftiy hazratlari barchani ushbu ulug‘ bayram bilan qutlab, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun Yaratganga takror va takror shukronalar aytdilar. Jomega tashrif buyurgan 50 mingdan ziyodroq namozxonlar emin-erkin hayit namozini ado etib, bir-birlarini bayram bilan samimiy muborakbod etishdi. Mohi mahbubning fayzu tarovati yuzlarida balqib turgan  namozxonlar, ko‘zlaridan oqqan sevinch yoshini berkitolmadilar. Qalblar erib turgan shu fursatlarda ketma-ket duolar qildilar”, — deyilgan Musulmonlar idorasi sahifasida.

 

© Upravleniya musulman UzbekistanaV namaze v mecheti "Xazrati Imam" prinyali uchastie bolee 50 tis veruyushix
V namaze v mecheti Xazrati Imam prinyali uchastie bolee 50 tis veruyushix - Sputnik O‘zbekiston
V namaze v mecheti "Xazrati Imam" prinyali uchastie bolee 50 tis veruyushix

O‘zbekiston Astronomiya institutining – yangi oyni ko‘rish haqidagi xulosasi va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi  Ulamolar kengashining qaroriga asosan, Bu yil Ramazon Hayitining birnchi kuni 6-iyunga belgilandi.

Rossiya va Turkiyada ushbu bayram 5-iyun kuni nishonlandi.

Ramazon Hayiti (Iydul Fitr) – muqaddas Ramazon oyi yakunini anglatuvchi kun, musulmonlarning eng ulug‘ bayramlaridan biridir. Ushbu kun O‘zbekistondan dam olish kuni deb e’lon qilingan. O‘zbekiston aholisining 90% islom dinini e’tiqod qiladi.

Yangiliklar lentasi
0