TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Kelajakda urushlarni razvedka-zarba tizimiga umumlashtirilgan robotlar va uchuvchisiz parvoz qurilmalari olib boradi, askarlar esa operatorlarga aylanadi, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga Rossiya Istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasi rahbari Andrey Grigoryev.
"Mening nazarimda, robotlashtirilish jarayoni borgan sarit avj oladi, bu keng maydonda bir-biriga o‘q uzadigan askarlar jangi emas, balki operatorlar va mashinalar to‘qnashuvi bo‘ladi, deb aytish mumkin. Kelajakda harbiy masalalar yechimini shaxsiy tarkibda yo‘qotishlarsiz topish mumkin bo‘ladi. Askarlar borgan sari operatorlarga aylanib boradi va jang maydonidan uzoqlashadi", — dedi Grigoryev.
Grigoryevning fikricha, kelajakda uchuvchisiz parvoz tizimlari har qanday sohada juda keng qo‘llaniladi.
"Bular juda katta qudratga ega robotlashtirilgan bo‘linmalar bo‘lib, ular yordamida ham quruqlikda, ham havoda, ham dengizda, ham fazoda jang olib boradi. Va bularning barchasi juda katta razvedka-zarba tizimlariga birlashtiriladi", — deya qo‘shimcha qildi jamg‘arma rahbari.