Istambuldagi teraktda ayblanib 11 Rossiya fuqarosi hibsga olindi

© RIA Novosti Andrey SteninTurkiya bayrog‘i
Turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada Istambul teraktlarida gumon qilib yana 17 kishi hibsga olindi, ulardan 11 kishi Rossiya fuqarolari.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Istambul shahar prokuraturasi aeroportda sodir bo‘lgan teraktda ishi bo‘yicha yana 17 kishini hibsga oldi. Ulardan 11 nafari Rossiya va 6 nafari Turkiya  fuqarosi, RIA Novosti DHA xabariga asosan.

Shunday qilib teraktdan keyin hibsga olinganlar soni 30 kishiga yetdi. Ularning barchasi “qurollangan terrorchi tashkilot a’zoligi”da ayblanmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Istambuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda 28-iyun kuni uyushtirilgan terrorchilar hujumida 44 kishi qurbon bo‘lgan va 239 kishi yaralangan edi.

Terrorchilikni tashkil qlishda asli Chechenistonlik bo‘lgan, “Imarat Kavkaz” terrorchilik tashkiloti a’zosi Axmed Chatayev gumon qilinmoqda. O‘z rahbari Doku Umarov yo‘q qilinganidan keyin Chatayev “Islom davlati” safiga qo‘shilib u yerda Shimoliy Kavkaz hududidan bo‘lgan jangarilarga boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostidagi terrorchilar Yevropa va Rossiya hududlarida terrorchilik hujumlari tayorlagan. Oldinroq, Rossiya maxsus xizmatlari o‘zlarining Turkiyalik hamkasabalarini Chatayevning xavfli ekanligi haqida bir necha bor ogohlantirishgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0