TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Turkiya qiruvchisi tomonidan Suriya osmonida urib tushirilgan Rossiya bombardimonchisi tufayli yuzaga kelgan Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi sovuqchilikning oldini olish imkoni bo‘ldimi, demak, Moskva va Vashington ham yarashib olishi mumkin, deb yozadi Forbes, RIA Novosti xabari asosida.
"Rossiya va Turkiya o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi, endi Vashington ham yangi "sovuq urush"ga barham berishi lozim", deb yozadi Forbes.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va G‘arb munosabatlari Ukrainadagi vaziyat tufayli darz ketgan edi. 2014-yil iyul oyi oxirida Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyaning alohida fuqarolari va kompaniyalariga qarshi e’lon qilgan kichik sanksiyalardan mamlakat iqtisodiyotining butun boshli sektorlarini qamrab olgan qarshi choralarga o‘tdi. Moskva Ukrainada ro‘y berayotgan mojarolarga aloqador emasligi, aksincha, Kiyev siyosiy va iqtisodiy inqirozni yengib o‘tishi tarafdori ekanini bir necha bor ta’kidlagan.