TOShKENT, 6-iyul — Sputnik."Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari Bangladesh poytaxti Dakka shahriga yangi hujumlarni amalga oshirish bilan tahdid qilmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti axborot agentligi.
"ID" bundan oldin Bangladesh poytaxtida sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan edi.
Nashrda xabar berilishicha, internet tarmog‘ida Suriyaning terrorchilar nazoratida bo‘lgan Rakka shahrida tasvirga olingan video joylashtirilgan. Unda kelib chiqishi bangladeshlik bo‘lgan uch nafar jangari aks ettirilgan. Bosqinchi-terrorchilar video-murojaatda Bangladesh davlat tuzilmasini qattiq tanqid qilib, Dakkadagi terrorchilik musulmonlarga qarshi amalga oshirilayotgan jinoyatlar uchun qasos ekanligini aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amalga oshirilgan terakt natijasida 28 kishi qurbon bo‘ldi. O‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida 13 kishi garovdan ozod etilgan, 6 terrorchi yo‘q qilingan. Bangladesh hukumati mamlakat poytaxtida sodir etilgan teraktdan so‘ng ikki kunlik motam e’lon qilgan edi.