Dunyo rahbarlari Islom Karimovni Ramazon hayiti bilan qutlashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qutlovlarda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Kuvayt Davlati Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh; Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon; Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum; Birlashgan Arab Amirliklari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon; Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon; Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov; Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani; Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid;

Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam; Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li San Lun;

Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Iyad bin Amin Madaniy o‘z tabriklarini yo‘llaganlar.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda", — deyilgan xabar matnila.

Yangiliklar lentasi
0