Bomba o‘rnatilgan samolyot xabaridan so‘ng Shveysariya qiruvchilari havoga ko‘tarildi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev / Mediabankka o‘tishF-18 qiruvchisi
F-18 qiruvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isroil aviakompaniyasiga qarashli samolyot Nyu-Yorkdan Tel-Avivga qarab yo‘l olgan edi. El Al havoga ko‘tarilishi bilan, noma’lum kimsa aeroportga qo‘ng‘iroq qilib, samolyot bortida bomba borligini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Shveysariya Harbiy Havo Kuchlariga qarashli F-18 qiruvchilari bortida bomba o‘rnatilgan degan xabardan so‘ng, Isroil aviakompaniyasiga qarashli samolyotni kuzatib qo‘ygan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Jerusalem Post nashri xabariga ko‘ra, Isroilga qarashli samolyot Nyu-Yorkdan Tel-Avivga qarab yo‘l olgan. Shveysariyaga qarashli qiruvchilar samolyot Fransiya-Shveysariya chegarasiga kirishi bilan mamlakati hududida samolyotni kuzatib borish uchun havoga ko‘tarilgan.

Sal vaqt o‘tib Assoshieyted Press agentligi Isroil aviakompaniyasiga qarashli samolyot Tel-Aviv aeroportiga eson-omon qo‘ngani haqida xabar tarqatgan. Yo‘lovchilaning o‘zlari havo kemasi aeroportga qo‘nguniga qadar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf haqida bilishmagan.

Yangiliklar lentasi
0