Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar masjidi yonida ro‘y bergan portlash islom ahlini larzaga soldi

© AP Photo / Noor PunasiyaSaudiya Arabistonida yuz bergan portlash
Saudiya Arabistonida yuz bergan portlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madina shahridagi Muhammmad(s.a.v.) payg‘ambarning masjidlari – Nabaviy masjidi yonida terror-xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlashda Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlarining 4 nafar xodimi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Madina shahridagi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) masjidi yonida amalga oshirilgan terrorchilik akti butun islom dunyosi tomonidan qattiq qoralandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Jumladan, Turkiya, Yaman, Falastin, Qatar, Pokiston, Bahrayn, BAA, Quvayt va Iordaniya rahbarlari zudlik bilan ushbu terakt yuzasidan bayonot qilishga va portlashni keskin qoralashga shoshilganlar.

Nashrda ma’lum qilinishicha, Madinai Munavvaradagi barcha musulmonlar uchun tabarruk masjid – Muhammmad (s.a.v.) payg‘ambarning masjidlari – Nabaviy masjidi yonida terror-xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlashda Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlarining 4 nafar xodimi halok bo‘lgan.

Portlash har yili millionlab musulmonlar ziyorat qiladigan masjid va sud o‘rtasidagi avtoturargohda yuz bergan.

Bundan tashqari, 4-iyulda mamlakatning Al-Qatif va Jidda shahrida ham xudkushlar tomonidan ikkita portlash sodir etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu portlashlarda terrorchilardan boshqa hech kim halok bo‘lmagan.

Avvalroq Nabaviy masjidi yonidagi portlashda 2 nafar harbiy halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0