Ramzan Qodirov Erdo‘g‘onni Turkiyada yashirinib yurgan chechen terrorchilarini topshirishga chaqirdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishChecheniston Respublikasi rahbari vazifasini bajarauvchi Ramzan Qodirov
Checheniston Respublikasi rahbari vazifasini bajarauvchi Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turgan Ramzan Qodirov Anqarani Turkiyada yashirinib yurgan chechen millatiga mansub terrorchilarni topshirishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turgan Ramzan Qodirov Anqarani Turkiyada yashirinib yurgan chechen millatiga mansub terrorchilarni topshirishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Agar Turkiya hukumatiga terrorchilar haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, ularning nomlarini yana bir bor takrorlab o‘taman. Yozing: Tarxan Gaziyev, Ahmad Umarov, Ahmad Patayev, Shirvani Basayev, Mahran Saidov, Rizvon va Usama Yakubovlar, Aslanbk Vadalov, Movsar Chatayev, Xadi Alasxonov, Rustam Naurbayev va ularning mafkuraviy ustozi Movladi Udugov. Ular "turk qirg‘og‘ida" erkin nafas olishmoqda", — deb yozgan u o‘zining Instagram sahifasida.

Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, u nomlari yuqorida tilga olingan Checheniston fuqarolari tomonidan bo‘ladigan tahdid haqida Anqarani bir necha bor ogohlantirgan, ammo Turkiya hukumati terrorchilarni Qodirovga topshirish haqida "quruq va’dalar" berishdan nariga o‘tmagan.

Yangiliklar lentasi
0