Erdo‘g‘on Istambuldagi teraktga aloqador bo‘lgan fuqarolarni aytdi

© REUTERS / Murad SezerTurkiya, Istambul aeroporti
Turkiya, Istambul aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti aytishiga ko‘ra, ushbu teraktt “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti bilan bog‘liq.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on  Istambul aeroportidagi teraktga qaysi mamlakat fuqarolari aloqador ekanligini aytdi.

“Terakt tufayli hibsga olingan kishilar soni 30 kishigi yetdi. Ulardan olingan ma’lumotlarga asosida biz muhim xulosaga keldik… Biz ular Dog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari  ekanligini aniqladik. Afsuski, bular qo‘shni va yaqin mamalkalardir”, — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

Turkiya prezidenti aytishiga ko‘ra, ushbu teraktt “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyun Istambul aeroportida  uch portlash va bir necha o‘q uzishlar bo‘ldi. Terakt oqibatida 44 kishi qurbon bo‘ldi va 239 kshi jarohatlandi.

Terakt tashkil qilishda ayblanayotgan shaxslar bu Chechenistonlik Axmed Chatayev. Oldin Chatayev “Imarat Kavkaz” jinoyatchi guruhi rahbari Doku Umarov bilan hamkorlik qilgan, Umarov yo‘q qilinganidan keyin esa IDga qo‘shilgan. Bir necha oy oldin Rossiya Aksilterror qo‘mitasi Chatayev ID tarkibida Shimoy Kavkazlik jangarilarga boshchilik qilayotganini xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0