Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon Hayiti bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti  Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiya musulmon jamoasiga millatlararo va dinlararo muloqtni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va davlat va jamoat tashkilotlari bilan homiylik hamda ma’rifat ishlarida faol hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya musulmon jamoasini Ramazon Hayit bilan tabrikladi, Kreml matbuot xizmati xabari asosida.  

“Rossiyalik musulmonlar, ming yillik diniy, tarixiy, madaniy an’analar asosida o‘z jamoalari va yaqin qarindoshlari davrasida ushbu yorug‘ bayramni kutib olmoqdalar. Ushbu kunlarda Ro‘za vaqtida erishilgan ruhiy yutuqlarni onglash va muhtojlarga yordam ko‘rsatish odat”, — deyilgan prezidentning tabrik telegrammasida.

“Bugun biz Rossiya mumulmonlar ummasining to‘laqonli hayoti guvohi bo‘lmoqdamiz: Yangi masjidlar qad ko‘tarmoqda, Bolgar Islom akademiyasi tashkil qilindi, universitet va madrasalar yaratildi, musulmonlarning ta’lim va ziyorat tizimlari rivojlanmoqda. MDH mamalkatlari muftiyliklari bilan hamkorlik rivojlanmoqda”, — dedi Rossiya rahbari.

Putin Rossiya musulmonlariga davlatlar va millatlar orasidagi muloqtni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va davlat va jamoat tashkilotlari bilan homiylik va ma’rifat ishlarida faol hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.  

“Bunday samarali va serqirra faoliyat jamiyatning olqishini oladi va mamlakatda fuqaro tinchligi hamda totuvligini saqlashga xizmat qiladi”, — deyilgan prezident xabarida.

Ramazon yoki Ro‘za Hayiti — Ramazon oyidan keyingi birinchi kunda nishonlanadi. Ushbu bayram Islom dinidagi eng ulug‘ bayramlardan biri bo‘lib u uch kun davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0