TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 4-iyul kuni Toshkent shahar hokimiyatida ommaviy axborot xodimlari uchun brifing o‘tkazildi. Brifingda Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Toshkent shahar aholisiga murojaati e’lon qilindi.
Ya’ni, brifingda, Toshkentda 1-sentabrda nishonlanadigan mustaqillik kuni munosabati bilan 50 obodonlik kuni aksiyasi e’lon qilindi. Aksiya doirasida shahardagi 11 tumanning har birida 25 ko‘cha obodonlashtirilib, 25 tadan bolalar o‘yin maydonchalarini bunyod etish rejalashtirilgan.
Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi shaharliklarga murojaat qilar ekan, barchani mazkur xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shish, poytaxtni yanada go‘zal va obod shaharga aylantirishga chaqirdi.