Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun Orfan dori vositalari ro‘yxati e’lon qilindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishDori vositalari
Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxat 129ta dorini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda kasalliklarning xalqaro tasnif bo‘yicha guruhi, kasallikning nomi va xalqaro tasnif bo‘yicha kodi ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan Orfan dori vositalari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Norma nashri xabar qilgan.

Ro‘yxat 129ta dorini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda kasalliklarning xalqaro tasnif bo‘yicha guruhi, kasallikning nomi va xalqaro tasnif bo‘yicha kodi ko‘rsatilgan. Jumladan, ro‘yxatdan lepra, leyshmanioz, Vilson-Konavalov sindromi, sitomegalovirusli infeksiya, OIV, bezgak va boshqa kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari nomlari sanab o‘tilgan.

Buyruq O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida rasman chop etilganidan (2016 yil, 4-iyul) uch oy o‘tib, kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0