Bu yilgi Ramazon Hayit 6-iyulda bayram qilinadi. O‘zbekistonda ushbu kun dam olish kuni deb e’lon qlingan.
Odatga ko‘ra, bayram uch kun davomida nishonlanadi. Bu kun barcha musulmonlar erta tongdan masjidlarda Hayit Namoziga to‘planadi. Namozdan keyin bayram dasturxoni yoziladi. Ushbu kun ota-onalar, qarindoshlar holidan xabar olish, marhumlar xotirasiga duo o‘qish odatdir.
Qadim zamonlarda aynan Ramazon Hayiti kunlarida odamlar bir-biridan uzr so‘ragan, urush qilayotgan mamlakatlar tinchlik shartnomasi tuzishgan.
Islom dining eng ulug‘ bayramlaridan biri haqidagi infografikamizni tomosha qiling.