Rossiya milliy gvardiyasi jangovar deltaletni sinovdan o‘tkazishni boshladi

© Sputnik / Valeriy Shustov / Mediabankka o‘tishMotodeltaplan.
Motodeltaplan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RIA Novosti nashrida berilgan xabarga ko‘ra, "Poisk-06" deb nom olgan deltaletdan yuklar va shaxsiy tarkibni manzilga yetkazish, kuzatish tizimidan foydalangan holda manzilda razvedka ishlarini olib borishda keng qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya milliy gvardiyasi federal qo‘shinlar xizmati jangovar deltaletni sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrida ta’kidlanishicha, "Poisk-06" deb nom olgan deltaletdan yuklar va shaxsiy tarkibni  manzilga yetkazish, kuzatish tizimidan foydalangan holda manzilda razvedka ishlarini olib borishda keng qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, apparat bortida to‘rt stvolli aviatsiya pulemot joylashtirilgan bo‘lib, pilotlar kabinasida o‘rnatilgan maxsus ilmoqlarga esa og‘irligi ikki yuz kilogrammgacha bo‘lgan aviatsiya bombalarini ilish mumkinligi aytilmoqda.

"Ayni vaqtda ixtiyorimizga bir nechta deltaletlar topshirilgan, ularni yil boshidan buyon sinovdan o‘tkazib kelmoqdamiz" — deb ta’kidlagan nashrga manba.

Yangiliklar lentasi
0