TOShKENT 4-iyul — Sputnik. "Bu klip "Taqdirga qasdma-qasd" deb nomlanadi. Bu mening eng birinchi qo‘shiqlarimidan biri, u menga hayotiy shiorimdek bo‘lib qolgan. Bu qo‘shiq har qanday murakkab davrlarda — taqdirga qasdma-qasd — qiyinchiliklarni yengishga yordam bergan", — deb aytgan muallif so‘zboshi avvalida.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Almazbek Atambayev 60 yoshni qarshi oladi. Mamlakatning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lmish bu siyosatchining san’atga bo‘lgan mehr-muhabbati hech kimga sir emas. 1983-yildan buyog‘iga Atambayev sobiq Ittifoq Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Klip o‘tgan haftada internet tarmog‘iga joylashtirilgan bo‘lib, shu paytga qadar uni 53 ming kishi tomosha qilgan. Aksariyat tinglovchilarga qo‘shiq matni manzur kelgan.
"Prezident mendan ko‘ra yaxshi ijro etarkan qo‘shiqni", deya izoh qoldirgan tinglovchilarning aksariyati.