O‘zbekistonda tibbiy xizmatni nazorat qiluvchi yagona tizim joriy etiladi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishTez tibbiy yordam avtomobillari
Tez tibbiy yordam avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tizim yordamida shoshilinch tibbiy xizmat brigadalari joyini onlayn tartibda kuzatish hamda tibbiy yordam mashinasini chaqirganlarga zudlik bilan eng yaqin manzildagi mashinani yuborish mumkin.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda shoshilinch yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Sog‘liqni Saqlash vazirligidagi manba.

So‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda janubiy koreyalik hamkorlar yordamida shoshilinch yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish loyihasi ustida ish olib borilgan edi. Mazkur loyiha Janubiy Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtirilib, loyiha hayotga tatbiq etilishi uchun Koreya hukumati O‘zbekistonga 3 million dollar ajratgan edi.

"Natijalar shu qadar asoslangan edi-ki, hukumat poytaxt uchun alohida tizim yaratish o‘rniga, uni butun respublika bo‘ylab joriy etishni ma’qul ko‘rdi. Davlat tomonidan ushbu loyiha amalga oshirilishi uchun 9 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan", — deya ta’kidladi manba.

Loyiha doirasida shoshilinch yordam xizmatining yagona dispetcherlik kommunikatsiya markazini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra telekommunikatsion va texnologik infratuzilmani yaratish, kichik stansiyalar va tez yordam brigadalarini viloyat darajasigacha jihozlash (shu jumladan, chekka joylarni uskunalar va GPS bilan jihozlash), amaliy dasturiy ta’minotni yetkazib berish va o‘rnatish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Manbaning ta’kidlashicha, elektronlashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimining yana bir yo‘nalishi xizmatlarning ma’lum turlarini interaktiv formatga ko‘chirilishini ko‘zda tutadi.

"Misol uchun, yangi tizim o‘laroq, tezkor ravishda uyga chaiirilgan vrach hamda oddiy fuqarolar bilan  videokonsultatsiya o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, o‘ta murakkab jarrohlikoperatsiyalari o‘tkazilishi vaqtida turli tibbiy maskanlar bilan videoaloqa tashkillashtirilishi yo‘lga qo‘yiladi", — deb hikoya qildi manba.

Yangiliklar lentasi
0