Moskva davlat xalqaro aloqalar institutida hijob bilan bog‘liq mojaro ro‘y berdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMusulmon qiz
Musulmon qiz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal vaqt oldin OAVlarda Moskva davlat Xalqaro aloqalar instituti qo‘riqchi-posbonlari hijobli abituriyent qizga oliygohga kirishga ruxsat bermaganliklari haqida xabarlar tarqatilgan edi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti vakili ushbu hodisaga izoh berar ekan o‘ziga xos an’analar va urf odatlarga ko‘ra oliygoh dunyoviy maqomga ega ekanini alohida ta’kidlab o‘tgan, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Bundan sal vaqt oldin Rossiyadagi OAVlarda Moskva davlat Xalqaro aloqalar instituti qo‘riqchi-posbonlari hijobli abituriyent qizga oliygohga kirishga ruxsat bermagani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Sal vaqt o‘tib, Rossiya Fan va ta’lim vazirligi "tashqi belgilarga binoan oliygohga kirishni man qilib bo‘lmaydi", deya bayonot qiladi. Muassasa talabalarning tashqi ko‘rinishiga doir talablar oliygoh ichki qoidalariga binoan o‘rnatilishi hamda institut ma’muriyati bu talablar bajarilishini nazorat qilib borishi haqida qo‘shimcha qilgan.

Moskva davlat Xalqaro aloqalar instituti vakilining so‘zlariga ko‘ra, oliygoh dunyoviy maqomga ega. Shu bois, bo‘lajak abituriyentlar "oila davrasidagi an’analar oliygoh qoidalari va an’analariga qanchalik mos kelishi to‘g‘risida" oldindan yaxshilab o‘ylab ko‘rganlari ma’qul.

Rossiyadagi ta’lim maskanlarida hijob taqilishi bundan oldin ham ko‘plab muzokaralarga sabab bo‘lgan. Rossiya prezidentining ta’kidiga ko‘ra, ta’lim maskanlarida hijob taqib yurishning "hech qanday yaxshi tomoni yo‘q". "Bu kabi an’ana, hatto, musulmon regionlarda ham hech qachon mavjud bo‘lmagan", deb qo‘shimcha qilgan Vladimir Putin.

Yangiliklar lentasi
0